Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-dekabr kuni imzolangan "Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan turizm maskanlari barpo etilishi belgilangan.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda turizm obyektlari qurilishiga start berish tadbirlarida ishtirok etdi. Dastlab, Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa qadimgi shahar qoldiqlari madaniy meros obyektini asrash maqsadida atrofini o‘rash, tashrif buyuruvchilar uchun sharoit yaratish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Surxondaryoning tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lmish "Sangardak" turizm qishlog‘i hududida umumiy maydoni 615 gektar bo‘lgan "Sangardak" turistik markazi qurilishiga qurilishiga tamal toshini qo‘yib berdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida "Zoom" platformasi orqali Boysun tumani hududida umumiy maydoni 220,5 gektar bo‘lgan "Omonxona" hamda Jarqo‘rg‘on tumani "Oqtepa" suv omborining qirg‘oq bo‘yi hududidagi 110 gektar maydonda "Obihayot" turistik markazlari qurilishiga ham start berildi.
Tashrifi so‘ngida Sariosiyo tumanida joylashgan O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari chegarasidagi bojxona posti atrofini obodonlashtirish, mavjud avtoturargohni zarur sharoitlar bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
https://t.me/sariosiyohokimligi/52877