Sariosiyo va Uzun tumanidagi professional ta'lim muassasalari faoliyati o’rganildi
Joriy yilning 11-mart kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Sherxon Kichkilov boshchiligida boshqarma xodimlari Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo’ldi.
Boshqarma xodimlari Sariosiyo tumanidagi 1-son, 2-son kasb-hunar maktablari, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, pedogogika kolleji hamda Uzun tumanidagi 1-son, 2-son kasb-hunar maktablari, qishloq xo'jalik texnikumi, pedagogika kollejiga tashrif buyurib, ta'lim muassasalari binolarining holati, ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, talabalar turar-joylari, oshxona va o’quv ustaxonalarida yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganishdi.
O’rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.