Bugungi kunda viloyatimizda 593 486 nafar gaz istemolchilar bo‘lib, shulardan 591 371 nafari aholi va 2 115 tasi ulgurji istemolchilarni tashkil etadi. Bunda aholi istemolchtilarining 116 162 nafari tabiiy 475 209 nafari esa suyultirilgan gazdan foydalanishadi. Istemolchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz va bir ma’romda yetkazish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, Sariosiyo tumanining eng chekka hududlari “Nilu” "Kundaijuvoz" va "Chosh" qishloqlari aholisi uchun ham qulayliklar yaratildi.