Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsion loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan tanishish maqsadida Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Xonjiza kon boyitish fabrikasi, “Maroqand Denov parranda” xususiy korxonasi, “Smart Communication” MChJning eshik va deraza romlari ishlab chiqarish, “Surxon sifat tekstil” XKning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi hamda “Solanuz Fresh Food” MChJ tomonidan tashkil etilgan muzlatgichli omborxona faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, tashrif davomida videokonfrensaloqa orqali Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasining yoshlar siyosati sohasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosining 7 oylik yakunlari va yil yakuniga qadar oldinda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishi ham o‘tkazildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2195 (https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/2195)