Sariosiyo tumani hokimligi-SARIOSIYO TUMANIDAGI FUQAROLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINKALARI TOPSHIRILDI
06.09.2023
50 marta o'qildi

SARIOSIYO TUMANIDAGI FUQAROLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINKALARI TOPSHIRILDI

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 252-sonli Qaroriga ko‘ra, 12 turdagi subsidiyalar fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan berilishi belgilangan.

Ushbu subsidiyalar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ularning o‘zini-o‘zi band qilishi va doimiy daromadga ega bo‘lishlari maqsadida berilishi nazarda tutilgan.

Xususan, bugun Sariosiyo tuman hokimligi binosida tuman hokim Abduqodir Donayev boshchiligida, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov birgalikda 20 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinkalari topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?