Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
...
10.11.2022
166 marta o'qildi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Sariosiyo tumani “Shirin” mahallasida 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta‘lim tashkilotining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi mas’ullari, jurnalist va blogerlar, nuroniy hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Buning uchun “Open byudjet” dasturi asosida 796 mln soʻm mablag` sarflandi.

160 nafar bolalarni o‘z bag‘riga oluvchi ushbu bog‘chada 4 ta guruh uchun moʻljallangan zarur mebellar, keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, oshxona, shinam yotoqxona va o‘yin maydonchalari mavjud.

 

Mahalladagi 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning jami 339 nafarni tashkil qilib, endilikda shundan 160 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olindi.

E‘tiborlisi shu vaqtga qadar ushbu mahallada umuman maktabgacha ta‘lim tashkiloti mavjud emas edi. Bugungi kunda bolajonlar va ularning ota-onalarini quvonchi cheksiz. (https://t.me/sariosiyohokimligi/18588?single)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?