Sariosiyo tumanida 80-sonli umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, 2021 yil davomida Senator A.Sanginov Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tuman faollari va fuqarolari bilan uchrashuvida Gulobod" mahallasidagi 80-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi sonining ko‘payganligi sababli qo‘shimcha sinfxonalar bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam berishini aytib o‘tgandi. Mana bugun senat a’zosi A.Sanginovning senatorlik so‘rovi bilan Sariosiyo tumanida 3 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 300 o‘rinli 80- umumta’lim maktabining qo‘shimcha binosi qurib foydalanishga topshirildi. Shu munosabat biian tumandagi 80-maktabning ochilish marosimida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman prokurori N.Azizov va xalq ta’limi mas’ullari nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ushbu umumta’lim maktabining yangi o‘quv binosida o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv xonalari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmuni o‘tkazish uchun 3500 mingdan ortiq badiy kitoblar to‘plami mavjud bo‘lgan kutubxona, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan kompyuter xonalari, kasb-hunar o‘rganishga mo‘ljallangan to‘garak xonalari mavjud. Yangi o‘quv binosi bilan tanishish jarayonida tuman hokimi o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi va yoshlarimizga yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda bilim olishlari va kelajakda tanlagan mutaxassislari bo‘yicha bilimlarini oshirishda o‘qishni kanda qilmasdan doimo marani yuqori qo‘ygan holda harakat qilishlarini ta’kidlab o‘tdi. Ma’lumot uchun 80-sonli umumta’lim maktabida Jami quvvati hozirgi kunda 600 o‘rinli bo‘lib 2 smenada 765 nafar o‘quvchilar ta’lim tarbiya olib kelmoqda.