Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev mas‘ullar bilan birgalikda Sharg‘un shahrida joylashgan Sharg‘unko‘mir” AJ ishlab chiqarish bazasi hududidagi yangi sanoat korxonalarini ko‘zdan kechirdi.
...
13.02.2023
120 marta o'qildi

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi 711-son Qaroriga asosan “Sharg‘unko‘mir” AJ ishlab chiqarish bazasi hududida “Sharg‘un mexanika zavodi” MCHJ faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha quvvati 500 tonna metalni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib loyiha ishga tushishi hisobiga yangi 11 ta ish o‘rni yaratilgan. Kelgusida korxona faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish hamda boshqa tashkilot buyurtmalari va aholi ehtiyoji uchun zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Keyingi manzil “Sharg‘un Briket” MCHJ hamda “Sharg‘un Tikuvchilik Sexi” MCHJ bo‘ldi. Tikuvchilik sexida 30 turdagi tikuvchilik dastgohlari mavjud bo‘lib 14 nafar ishchi doimiy ish bilan ta‘minlangan. Loyiha quvvati 5000 dona kiyim- kechak ishlab chiqarilishga mo‘ljallangan.

Shundan so‘ng "Sharg‘un temiryo‘l maxsus qurilish" MCHJ faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Tanishish jarayonida tuman hokimi kelgusida korxona faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/22237?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?