“Sariosiyo” gazetasi 1932 yildan buyon chop etilayotgan bo'lib, 1932 yildan hozirgi kunga qadar 8088 ta soni chop etilgan. “Sariosiyo” gazetasi qoshidagi “Xo‘jai Piryax” to‘garagi a’zolarining 20 dan ortiq kitoblari tahririyat xodimlarining yordamlari orqali chop etilgan bo'lib tuman hokimi mazkur kitoblarni ko'zdan kechirib o'zining iliq fikrlarini bildirdi. Shuningdek, 2022 yilda qo‘shni Tojikiston Respublikasi Tursunzoda tumanining “Diyori Tunsunzoda” gazetasi bilan hamkorlikda 4 ta son qo‘shma gazeta chop ettirilgani va hozir ham hamkorlik davom etayotganini alohida e'tirof etildi.
Hozirgi texnika rivojlangan bir paytda tuman gazetasining erishgan yutuqlarini e'tirof etish joiz. Jumladan, “Sariosiyo” gazetasi tahririyati Respublika OAVni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2 bor Grand sovrinini qo'lga kiritgan. Tahririyat xodimlari bir necha bor Respublika va viloyat matbuoti tomonidan taqdirlangan. Hozirgi kunda tahririyatda 9 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Gazetaning veb-sayti www.sariosiyo-gazetasi.uz hamda @sariosiyo_tumani telegramm kanali mavjud bo‘lib, tumandagi yangiliklar doimiy ravishda joylab boriladi.
Tanishish jarayonida A.Donayev gazeta bosh muharririga "Sariosiyo tarixi" nomli yangi kitobni tez fursatlarda tahrir qilish borasida topshiriq berdi.