Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish
...
05.01.2024
87 marta o'qildi

Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airvays” AJ va “Uzbekistan airports” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 5-yanvar kuni «L-410» havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.

Ishchi guruh tomonidan IСAOning xalqaro normalariga muvofiq, Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining «ATR-72» havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari o‘rganildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?