Sariosiyo tumani hokimligi-Sangardak – “turizm qishlog‘i”ga aylanmoqda
...
16.09.2023
70 marta o'qildi

Sangardak – “turizm qishlog‘i”ga aylanmoqda

Xabar berilganidek, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan OAV vakillari, blogerlar hamda matbuot kotiblari ishtirokida press tur tashkil etildi. Media tadbirning navbatdagi manzili Sariosiyo tumani “Sangardak” mahallasi bo‘ldi.

O‘ziga xos tabiati va rivojlangan infratuzilmaga ega mahallada “turizm qishlog‘i” maqomini olish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.

Press tur ishtirokchilari “Sangardak” mahallasidan 1,5 kilometr balandlikda joylashgan “Xo‘jailg‘or valiy” ziyoratgohida bo‘lishdi. 1 mingtadan ziyod zina bosilib, balandlikka chiqiladigan ziyoratgohda bir qancha buloqlar bo‘lib, buloq suvlari mahalliy aholi tomonidan shifobaxsh deb qaraladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?