Sariosiyo tumani hokimligi-Qurilish ishlari nazoratda
...
07.01.2023
122 marta o'qildi

Bugun Surxondaryo viloyati prokuraturasi Sariosiyo tumani Lutfkor mahallasida qad rostlayotgan "Yangi O‘zbekiston massivi"da qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan qurilish ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar bilan tanishdi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan "Yangi O‘zbekiston massivi"da loyihaga asosan 31 gektar yer maydonida 86 ta ko‘p qavatli uy-joy, 3 gektar yer maydonida ekobozor, 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi, 2 ta savdo maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati, tibbiyot punkti qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 17 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi yakuniy bosqichda, qolgan qurilish ishlari esa davom etmoqda.

Mas'ullar tomonidan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi sifati ko‘zdan kechirib, amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ob’yektni belgilangan muddatda sifatli ravishda topshirish bo‘yicha ma’sullarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shu bilan bir qatorda, qurilishga ma’sul bo‘lgan rahbarlarga har bir ob’yektda ishlarning sifati va haqqoniyligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?