Surxondaryo viloyati viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi O.N. ning qo‘l sumkasi belgilangan tartibda rentgen-skaner apparati orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilgan (https://t.me/Surxoncustomsnews/3366?single).
Shunda skaner tasvirlari qo‘l sumkasi ichida shubhali jism borligini ko‘rsatgan. O.N. ning qo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda esa uning ichida, kontrabanda predmeti hisoblanuvchi 1 dona 5.45 kalibrli “Kalashnikov” avtomatining jangavor patroni borligi aniqlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.