Bugun erta tongda Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov hamda tuman prokurori Nodir Azizovlar qishloq xo'jaligi xodimlari bilan uchrashib, sohada olib borilayotgan ishlar, xato va kamchiliklarni muhokama qildi.
Jumladan, tumanimizda 2023 yil g'alla hosili uchun urug' qadalgan 2,5 ming gektar yer maydonida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, o'g'itlash, sug'orish ishlarini olib borish hamda bo'sh yer maydonlarini shudgorlash, dala maydonlaridagi ariq va zovurlarni tozalash bo'yicha olib borilgan ishlar va rejalar xususida to'xtalib o'tildi.
Shuuningdek, tuman hokimi uchrashuvda sohada belgilangan ishlarni amalga oshirish, ishlarni sifatli va muddatida bajarilish bo'yicha mas'ullarga vazifa yukladi hamda g'alla parvarishi bo'yicha ishlarni tizimli olib borish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.