Sariosiyo tumani hokimligi-Qishloq xo'jaligi sohasidagi kamchiliklar muhokama qilindi
...
29.04.2023
112 marta o'qildi

Qishloq xo'jaligi sohasidagi kamchiliklar muhokama qilindi

Bugun, 2 may kuni viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov rahbarligida qishloq xo'jaligi masalalari yuzasidan videoselektor tarzida yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan so‘ng, tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligiga mas’ul rahbar va tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda tumandagi fermer xo‘jaliklariga va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, g‘alla va paxta maydonlarini sug‘orish, o‘g‘itlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda hosil unumdorligini oshirish, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida bajarish, dala atrofini tozalash, fermer xo‘jaligi rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi sohadagi kamchiliklarni mutasaddilar bilan muhokama qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va sustkashligi uchun mas’ullarni tanqid qildi va ayrim rahbarlarga nisbatan ogohlantirish berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?