...
22.02.2023
106 marta o'qildi

Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar

Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Qurbonov erta tongda tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi va 2023 yil g‘alla hosilini yetishtirishdagi muhim masalalar bo‘yicha shtab yig‘ilishi o‘tkazdi.

Shundan so‘ng tumandagi g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi va g‘alla parvarishiga katta e‘tibor qaratish lozimligi, dala arofidagi ariqlarni tozalash, dala atroflariga ko‘chatlar ekish, handaklarda to‘ldirilgan mahalliy o‘g‘itlar bilan g‘allani sharbatlab sug‘orish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Keyingi o‘rinda aholini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan fermer xo‘jaligida urug‘lik kartoshka ekish ishlari olib borilayotgan dala maydonida bo‘ldi.

2023-yil g‘alla hosilini yetishtirish bo‘yicha Sariosiyo tuman OVX purkagichi to‘liq ta‘mirlanib ishlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Qolaversa mexanizatorlarga ish haqlari va maxsus kiyimlar tarqatildi va dala ishlariga jalb qilindi.

Shuningdek S.Qurbonov, Surxondaryo viloyati vakili Lutfullo Gʻoibov ishtirokida "Elektron onlayn-ausionlarni tashkil etish markazi" bilan tashkil etilgan onlayn muloqotda ishtirok etdi.
Unda — e-auksion elektron savdo platformasidan foydalanish;
— Ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy kabinetni tasdiqlash, hisobni to‘ldirish, kerakli lotga ariza berish;
— Yer uchastkalari hamda savdoda turgan lotlar bo‘yicha suxbat olib borildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?