...
27.01.2024
74 marta o'qildi

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berildi

Bugun, Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislari zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligi soha mutaxassislari, hudud hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, mas’ullarga g‘alla parvarishi, ichki ariqlarni betonlash ishlarining borishi, texnika ta’mirida olib borilayotgan ishlar, qat’iy soliq tartibiga o‘tish, tumanning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida eksport hajmini oshirish hamda bu sohadagi ishlarni sifatli va muddatida bajarilish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi hamda ishlarni tizimli olib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?