Prezintimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 20-oktabrdan 1-dekabrga qadar "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik e'lon qilingan.
Mazkur loyiha doirasida bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida"Yashil makon" umumilliy loyiha yuzasidan ko'chat ekish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu tadbirda Sariosiyo tuman hokimi o’rinbosari A.Qurbonov, Prezident ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo’limi rahbari X.Mamadiyev hamda tumanlardagi maktab internati rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi, ta'lim muassasalarida xususan Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" loyihasi katta tadbir sifatida o‘tkazish maqsadida maktabning 80 sotix maydoniga turli xil manzarali ko’chatlar ya‘ni 100 tup yasin, 100 tup go’zal kapatiya, 200 tup seren, 300 tup qora archa daraxtlari ekildi (https://t.me/sariosiyohokimligi/18909?single). (https://t.me/sariosiyohokimligi/18915?single)