Kuni kecha Pensiya jamg'armasi Sariosiyo tumani bo'limi boshlig'i Sh.Saidov va pensiya nafaqalarini tayinlash va qayta hisoblash sho'basi mudiri F.Saidov Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Sharg'un shahar poliknikasi shifokori 1968 yil 27 noyabrda tug'ilgan fuqaro Boboqulova Mavluda To'xtayevnani ish joyiga borib 54 yoshdan imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlash bo'yicha arizasi va hujjatlarini qabul qildi.
Hujjatlarni qabul qilgandan 2 soat o'tib fuqaro M.Boboqulovaga pensiya tayinlanib, pensiya guvohnomasi ish joyida hamkasblari o'rtasida tantanali ravishda taqdim etildi.
"Pensiya jamg'armasi xodimlaridan minnatdorman va o'z rahmatimni aytaman, bunchalik qisqa vaqtda qiyinchiliksiz xodimlarning o'zlari kelib pensiya tayinlab berishini o'ylab ham ko'rmagandim"-deydi M.Boboqulova.