Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Yoshlar markazida "Oqila ayollar" anjumani bo'lib o'tdi. Unda Respublika Oila va xotin--qizlar davlat qo'mitasi raisi -Z.Mahkamova Respublika IIB boshlig'i o'rinbosari U.Abdullayeva, viloyat hokimi T.Bobolov, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Xidirovalar hamda tuman Oqila ayollar a'zolari jumladan, Sariosiyo tumani ''Oqila ayollar" a'zolari ham ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-ona mas’uliyati, ibratli ota-ona bo‘lish ahamiyati, ma’rifatli jamiyatni qurishda ma’rifatli onalar roli, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va vatanga sadoqat tuyg‘ularini singdirish, “odobli qiz” va “ma’rifatli ona” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi bo'yicha so'z yuritildi.