OCHIQ MULOQOT
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i Saidov Shomurod ishtirokidagi pensiya tayinlash tartibi bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish, imkoniyati cheklangan shaxslarga pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risida batafsil ma‘lumot berildi.
Shuningdek, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilayotgani, nogironlik pensiyasi agar nogironlik belgilangan kundan boshlab ikki oy ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga -nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanishi xususida to‘xtalib o‘tildi.