...
13.03.2023
93 marta o'qildi

Ochiq eshiklar kuni
O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.
Shu bois Termiz Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Sariosiyo tumanida joylashgan 68750 va 49543 harbiy qismlar bilan hamkorlikda Sariosiyo tumanining olis hududlarida joylashgan 30,31,32-sonli maktab yoshlari o‘rtasida So‘fiyon madaniyat markazida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirda Termiz Harbiy prokuraturasi katta tergovchisi, adliya kapitani J.R.Ortiqov
68750 h/q vakili mayor E.Hazratqulov, 49543 h/q vakili katta leytenant F.Saidovlar, harbiy qism harbiy xizmatchilari va maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Ochiq eshiklar kunida texnika, qurol-yaroq va jihozlar namoyishi bo’lib o’tdi. Aslahalar haqida berilgan ma’lumotlarni qunt bilan tinglayotgan yoshlar dilidagi yurt himoyachisi bo’lish istagi yanada ortgani shubhasiz.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?