Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov ayni vaqtdagi anomal sovuq ob-havo sharoitida yo‘llarni muzlamalardan tozalash harakat xavfsizligini ta‘minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman ko‘chalarini qordan tozalash, qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Mazkur ishlarda jonkuyarlik ko‘rsatayotgan Obodonlashtirish xodimlarga issiq ichimlik bilan ta‘minlash maqsadida termos hamda pul mablag‘lari topshirildi.