...
01.03.2023
87 marta o'qildi

Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda

Davlatimiz tomonidan diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, diniy urf-odatlarni hurmat qilish, ayniqsa muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni yanada obod qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan ayni kunlarda viloyatimiz hududlarida ziyoratgoh va qabristonlarni tozalash va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, Sariosiyo tumanidagi bir qator qabristonlar va atrofida tashkil etilgan obodonlashtirish, tozalik ishlarida tashkilotchilar, mahalla ahli hamda qator tashkilot a’zolari ishtirok etmoqda hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?