“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari endilikda tashabbusli byudjetlashtiradi
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar yuzasidan tuman hokimligi majlislar zalida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Gʻayrat Davlatov, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Erkin Xasanov, mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda 2023-yildan boshlab “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” portalida ovoz berish yoʻli bilan aniqlanishi, bunda har bir mahallada 8 mlrd soʻmdan oshmagan loyihalar paketi shakllantirilishi, ovoz berish va gʻolib boʻlish jarayonlari, har yil yakunlari boʻyicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar ragʻbatlantirilishi yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.