"Obod qishloq" va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish doirasida eng og‘ir hududlariga ham shahar tipidagi infratuzilma kirib bormoqda. Jumladan, yo‘llar ta’mirlanib, har bir xonadonga elektr tarmoqlari, gaz, suv yetkazib berish sifati yaxshilanmoqda.
Xususan, Sariosiyo tumani Ehtirom mahallasi A.Jomiy ko'chasida Sariosiyo yo'llardan foydalanish unitar korxonasi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan beton qoplama yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.