|O‘zbekiston-Xitoy: toshko‘mir qazishda zamonaviy texnologiya qo‘llanilmoqda
Prezidentimizning 2017-yil 13-yanvardagi "Sharg‘unko‘mir" aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko‘mir qazib olishga yetkazish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi kon to‘liq yangilanib, xitoylik mutaxassislar bilan O‘rta Osiyoda yagona mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida yuqori kaloriyali qattiq yoqilg‘i qazib olish yo‘lga qo‘yildi.