...
20.04.2024
79 marta o'qildi

Boysun tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Iminov Odiljon Karimovich rahbarligida viloyat hamda tumanlar studiyalaridan tegishli mas’ullar, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 

Yig‘ilish kun tartibida, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-apreldagi “Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10-sonli bayoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori, Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlariga senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Qarori yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Yig‘ilishda, tumanlar studiyalarda ishtirok etayotgan mas’ullarning hisobotlari, takliflari eshitildi.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?