Keyingi yillarda jamiyat hayotida kasaba uyushmalarining o‘rni va roli oshib bormoqda. Tashkilot tomonidan ishchi xodimlarning huquq va manfaatlari himoya qilinyapti, ular uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlari yaratmoqda. 11 noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan joylarda o‘tkazilayotgan turli seminar va sport tadbirlarida ham mehnat muhofazasi, mehnat qonunchiligi va kasaba uyushmasi faoliyatiga oid yangiliklar xususida so‘z yuritilmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri Sariosiyo tumanidagi “UZ.AGRO LIDER” MCHJda bo‘lib o‘tdi.