Novosibirsk delegatsiyasining Sariosiyo tumaniga tashrifining keyingi manzili “UzAgroLider” MChJning zamonaviy limonchilik issiqxonasi bo‘ldi. Viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov va gubernator Andrey Travnikov limon yetishtirish jarayonlari hamda vohada yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar bilan tanishishdi.
Novosibirsk gubernatori hushtam O‘zbekiston meva-sabzavotlari Rossiya bozorlarida xaridorgir mahsulot ekanligini ta’kidlab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, bu boradagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish tashabbusini bildirdi.
Shuningdek, hududda yetishtirilgan paxta dalasidagi hosil bilan ham tanishildi. Umumiy maydoni 225 gektar bo‘lgan kompleksda limon, brokolli, g‘alla, uzum, paxta va boshqa turdagi mevalar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.