Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqorolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma‘rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi xodimlari ishtirok etdi.
Siyosiy ma‘rifat soatda spikerlar tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimini to‘g‘ri tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rni, davlat boshqaruvining raqamli transformasiyasi, "Bir chimdim ma’naviyat" rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to'xtalib o'tildi. Ushbu online tartibdagi siyosiy-ma’rifat soatini Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube (https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ/videos%5C) orqali kuzatib borildi.