Sariosiyo tuman hokimining o‘rinbosari A.Qurbonov, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori A.Saidnazarov hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida “Sariosiyo tumanida sog‘liqni saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda, OAV xodimlari va tuman Tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi boshlig‘i, Oilaviy poliklinika bosh shifokorlari hamda mas’ul idoralar xodimlari qatnashishdi.