...
27.02.2023
123 marta o'qildi

Navbatdagi matbuot anjumani va press-tur bo'lib o'tdi

Bugun, 27 fevral kuni Sariosiyo tuman hokimi o'rinbosari Asqarali Qurbonov, xalq ta'limi va tibbiyot sohasi vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida " Sariosiyo tumanida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/sariosiyohokimligi/22916)Matbuot anjumani davomida Asqarali Qurbonov Xalq ta'limi, tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar, muammo va kamchiliklar, amalga oshirilgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.

Yakunda matbuot anjumani qatnashchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda mazkur mavzu doirasida o'zlarining takliflarini berib o'tdi.

Matbuot anjumanidan so'ng ishtirokchilar tumandagi 5-son umumta'lim maktabiga tashrif buyurib o'quvchilarga ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, sport zal bilan ta'minlanganlik holati, maktab hududining obodonchiligi ko'zdan kechirildi.

Keyingi manzil esa Sariosiyo tuman Tibbiyot birlashmasi Sharg‘un hududiy bo‘limida bo'lib u yerdagi tug‘ruq kompleksi hamda kardiologiya bo'limi bo'ldi. 2022 yilda foydalanishga topshirilgan tug'ruq kompleksi 60 o'ringa mo'ljallangan bo'lib tug'ruqni qabul qilish, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ona va chaqaloq sog'lig'ini muhofaza qilish uchun sharoitlar yaratilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?