Tashrifda ushbu maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish davomida o‘quv xonalarda, kimyo, matematika, ingliz tili, maktabning kutubxonasi va kompyuter xonalarida yaratilgan imkoniyatlar juda a‘lo darajada ekanligi e‘tirof etildi.
Shuni takidlab o‘tish joizki ushbu o‘quv dargohida homiylar tomonidan berilgan 3 mingdan ortiq turli xildagi badiiy kitoblar hamda o‘quvchilar tomonidan tikilgan qo‘l mehnati durdonalari barchani hayratda qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shuningdek, maktabning isitish tizimi ham ko‘zdan kechirildi va mas’ullarga doimiy tarzda maktabni issiqlik ta‘minoti bilan ta’minlash va me‘yorda saqlash uchun sharoitlar yaratib berilishi ta‘kidlandi.