Sariosiyo tumani hokimligi-Muruvvat uylaridagi bemorlar holidan xabar olindi
...
31.12.2022
145 marta o'qildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulovlar tumandagi “Farxod” nogironligi bo‘lgan ayollar “Muruvvat uyi”da bo‘ldi.

Ushbu maskanlarda yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etilib, vasiylikka olinganlar hamda tunu-kun ularning issiq-sovug‘i, salomatligidan boxabar bo‘lib, qarovi bilan band bo‘layotgan tibbiyot xodimlariga sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, muruvvat uylarida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Viloyat hokimi davlat rahbari tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/20394?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?