Joriy yilning 5 noyabr kuni viloyat hokimi To'ra Bobolov va tuman hokimi Abdisalom Xujaqulovning Galabutta mahallasida o'tkazgan sayyor qabulida "Sharq yulduzi” mahallasi hududidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun namunaviy loyihalar asosida qurilgan 12 ta xonadonni gazlashtirish masalasida murojaat qilgan 1-guruh nogironi Marhabo Sattorova va bir guruh fuqarolarning murojaati ijobiy hal etilib, mas’ullarga qisqa muddatda mazkur 12 ta xonadonni tabiiy gaz tarmog‘iga ulash bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Kuni kecha tuman hokimining o'rinbosari Mamasodiq Ochildiyev va mas'ullar birgalikda mazkur topshiriqning ijrosini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Sangardak ko'chasiga tashrif buyurdi. Hozirgi vaqtda Sariosiyo tumangaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan mazkur hududda gaz quvurlarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Yaqin kunlar ichida 12 ta xonadon tabiiy gazga to'lliq ulanadi.