Sariosiyo tumani hokimligi-Murojaat va ijro Kuni kecha tuman hokimi Abduqodir Donayev mas'ullar ishtirokida asosiy yo‘l chetida joylashgan ijtimoiy obyektlar, savdo do‘konlari, yangi qurilayotgan obyektlar, yo‘l yuzida yashovchi aholi maskanlarini piyoda yurgan holda ko‘zdan kechirish jarayonida A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan Marvarid ko'chasi ta'mirtalab holatda ekanligi bildirilib yo'llagan murojaatlari shu vaqtning o'zida mas'ullarga yo'naltirilgan edi.
Belgilangan matnni tinglash uchun ushbu tugmani bosingMatnni tinglash!
Mazkur murojaat qisqa fursatlarda Sariosiyo tuman Yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bartaraf etilib Marvarid ko'chasiga shag'al yotqizildi.