Sariosiyo tumani hokimligi-Muammolar joyiga chiqqan holda o'rganilmoqda
...
02.03.2023
98 marta o'qildi

Muammolar joyiga chiqqan holda o'rganilmoqda

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqodir Donayev aholini turmush darajasini yaxshilash, mavjum muammolarni joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida sektor hududidagi "Chilonzor", "Bog'iston", "Tortuli" mahallalarida bo'ldi.

Tashrifning birinchi manzili Chilonzor mahallasi bo'lib tuman hokimi mahalla faollariga yaratilgan sharoitlar, mahallada yangi qurib foydalanishga topshirilgan 26-sonli umumta'lim maktabi faoliyatini ko'zdan kechirdi va mahalla fuqarolari bilan uchrashib aholi tomonidan yo'llangan ichki yo'llarga asfalt yotqizish, mahallada mavjud chorva mollarini boqish uchun yaylov yer maydoni ajratish, imtiyozli kredit olish evaziga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish va boshqa bir qator murojaatlarini tingladi. Yo'llangan ushbu murojaatlar atroflicha o'rganilib ichki yo'llarni asfaltlash bo'yicha yo'llangan murojaat shu yerning o'zida ijobiy hal etilib tez kunlarda amaliy ishlar boshlanishi to'g'risida fuqarolarga ma'lum qilindi.

Keyingi manzil Bog'iston mahallasi bo'lib u yerda ham aholi muammolari o'rganildi. O'rganish jarayonida mahalla ko'chalarida tungi yoritish chiroqlari o'rnatish, mahallada mavjud chorva mollarini boqish uchun yaylov yer maydoni ajratish, Xasanxon kanalidan kelayotgan suv quvurlarini ta'mirlash kabi muammolar mavjudligi aniqlandi. Mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Tuman hokimi Tortuli mahallasida ham mahalla faollari bilan uchrashib faollarga fuqarolarning murojaat va muammolarini uyma-uy yurgan holda o'rganish, mahalladagi ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlagan holda turmush darajasini yaxshilash borasida tizimli ishlarni olib borish bo'yicha topshiriq va ko'rsatma berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?