Xalq bilan ochiq muloqotda viloyat va tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar boshliqlari ishtirok etishib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar ijrosi, muammolarga yechim izlandi.
Murojaatlar asosan uy-joy ta’miri, davolanish, yo‘llarni ta’mirlash, elektr ustunlarini yangilash, toza ichimlik suvi va gaz ta’minotini yaxshilash, bolalar puli, uy-joy uchun subsidiya olish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ishga joylashish kabi masalalarda bo‘ldi.
Sayyor qabul davomida 384 nafar fuqaroning 405 ta murojaati o‘rganildi. Murojaatlarning 52 tasi mas’ullar tomonidan joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etiladigan 353 ta murojaat ijro uchun mas’ullarga yo‘naltirilib, muddat belgilandi.
Har bir murojaatning ijrosi viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.