Sariosiyo tumani hokimligi-"Mehr daftari"ga kiritilgan 3 nafar bolalarga asbob-uskunalar topshirildi
...
07.03.2023
99 marta o'qildi

"Mehr daftari"ga kiritilgan 3 nafar bolalarga asbob-uskunalar topshirildi
Hech bir inson mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi. Davlat o‘z fuqarolari uchun qayg‘urishi va ko‘mak ko‘rsatishi zarur. Bu so‘zlar bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning bosh maqsadiga aylangan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaliy ifodasi sifatida  Prezedentimiz tashabbusi bilan yurtimizda ota-ona qaramog'idan mahrum bo‘lgan bolalar alohida e‘tiborga olinib, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi.
Jumladan, "Mehr daftari" platformasi ishga tushirilishi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularga ko‘mak ko‘rsatish ishlari mazmunli yo‘naltirishga imkon bermoqda.
Bugun tuman hokimligida platformaga kiritilgan 3 nafar o‘g‘il va qiz bolalarning xohish istaklari hamda ehtiyojini inobatga olgan holda 2dona tikuv mashinasi hamda 1dona motokultivator  topshirildi. Tadbirda Saiosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev ishtirok etib, yoshlar etiborda ekanligi, kelgusida ularning o‘z hayot yo‘llarini topishida doimo ko‘mak ko‘rsatilishini aytib o‘tdi va o‘g‘il-qizlarga keyingi ishlarida omadlar tiladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?