Sariosiyo tumani hokimligi-"Mehr daftari"ga kirgan qizlarga tikuv mashinasi topshirildi
...
29.09.2022
183 marta o'qildi

Viloyatimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularning muammolariga yechim topish maqsadida "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" qatorida ‘‘Mehr daftari’’ ham tashkil etildi.

Bugun, tuman hokimligida “Mehr daftari”ga kiritilgan 2 nafar qizlarning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun ularning xohish va istaklari inobatga olgan holda jamg‘arma hisobidan tikuv mashinasi olib kelindi hamda taqdim etilgan mazkur jihozlar tuman hokimining o‘rinbosari Asqarali Qurbonov tomonidan va tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho'basi bosh mutaxassisi Saidahmad Boynazarov ishtirokida o'z egalariga topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?