Mas‘ullar kichik sanoat zonasidagi ishlar bilan tanishdi
Bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev respublika Sanoat qurilish banki boshqaruv raisi S.Annaklichev hamda mas‘ullar bilan birgalikda 5 gektar yer maydonida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik industrial zonaga tashrif buyurdi.
Mazkur sanoat zonada qiymati 4,4 mln. dollarlik 8 ta loyiha shakllantirilgan bo‘lib, ularda quruq qorishmalar, penablok, gazoblok, dekorativ penoplast tyagalari, lak bo‘yoq mahsulotlari, mix va samorez, sanitar-texnik trubalar hamda boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Mas‘ullar mazkur sanoat zonada jami 8 ta lot bo‘yicha ishlab chiqarish bino-inshootlarini qurish, tashqi va ichki muhandislik-infratuzilma tarmoqlariga ulash hamda obodonlashtirish ishlari yakunlanganligi hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonada mahsulotlar ko‘rgazmasi zamonaviy “Shourum” tashkil etish va ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari mahsulotlari joylashtirilganligini ko‘zdan kechirdi.