Sariosiyo tumani hokimligi-Mahallalar infratuzilmasi yaxshilanmoqda
...
12.03.2023
111 marta o'qildi

Mahallalar infratuzilmasi yaxshilanmoqda
Tuman hokimi Abduqodir Donayev kuni kecha mas‘ullar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida tumanimizda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Gulobod mahallalariga tashrif buyurdi.
Mazkur mahallada Sariosiyo tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari olib borilayotgan bo‘lib tuman hokimi asfaltlash ishlari bilan tanishdi va soha mutaxassislariga kerakli ko‘rsatmalarni berib o‘tildi.
Shundan so‘ng tuman hokimi  Nodirabegim MFY da joylashgan suv saqlagich inshoatini ham ko‘zdan kechirib pudratchi tashkilot bilan kamchiliklar va bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?