Sariosiyo tumani hokimligi-M U N O S A B A T
...
02.05.2023
204 marta o'qildi

M U N O S A B A T

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sariosiyo tumani Sangardak mahallasi aholi vakillari tomonidan "Mahalla ahli shaxsiy mablag‘iga o‘tkazgan simlarni yechib olib, uch yildan buyon ovora qilishyapti" sarlavhasi ostida e‘lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

Sariosiyo tuman Sangardak MFY Tojik qishlog‘ida yashovchi fuqarolar tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan 2021 yilda 400 metr simlar sobiq SSSR davrida o‘rnatilgan. Ushbu qishloqning elektr energiya ta‘minotini yaxshilash maqsadida 2023-yil Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi "2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash‌‌ga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 245-sonli Qarori asosida PS Sangardak 110/10 kv F-5 TP-778 dan chiquvchi 1 kilometr 0,4 kv elektr uzatish tarmog‘i rekonstruksiya qilinishi uchun shu yilning aprel oyida 20 ta temir beton ustunlari olib kelingan bo‘lib, "Hududiy elektr ta‘minoti"AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan 1 km sip-2-35 kabellari bilan ta‘minlangandan so‘ng qurilish ishlari to‘liq yakunlanadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?