Kitoblar jamlanmasi topshirildi
Bugun 23 fevral kuni Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva tashabbusi bilan Sariosiyo tumani Sharg‘un shahridagi “Firuz” mahallasiga 300 dona hamda 5-sonli ingliz tili fani chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga 200 dona kitoblar jamlanmasi topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahalla aholisi va yoshlarga kitob mutolasi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Ma’rifat ulashib” loyihasi asosida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat bo‘lgan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.