Iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lidagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri, shubhasiz, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga teng raqobat muhitini yaratishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratildi. Ularga quyidagi soliq imtiyozlari berildi.