Joriy yil 11-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tumandagi fermer xo‘jaliklariga va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, g‘alla va paxta maydonlarini sug‘orish, o‘g‘itlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda hosil unumdorligini oshirish, g‘alla va g‘o‘za parvarishi doirasida agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida bajarish, dala atrofini tozalash, fermer xo‘jaligi rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.