Inson borki, mehr-muruvvat, xayru sahovat, koʻngli yarim odamga yaxshilik qilishni ezgu amallardan deb hisoblaydi.
Shu bois bugun davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-avgustda “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning tartiblari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Sariosiyo tumani “Billur” MFYda istiqomat qiluvchi Boboshurov Jamoliddinga ham yangi va zamonaviy koʻp qavatli uy-joyni ramziy kaliti va hujjatlari Sariosiyo tuman hokimligi Sariosiyo tuman hokimligi bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri hamda boshqa masʼullar ishtirokida Jamoliddin Boboshurovga tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu tantanali topshirish marosimida tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda tuman Milliy gvardiya bo'limi masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi