Sariosiyo tumani hokimligi-Ish faoliyatini yaxshilash maqsadida kompyuterlar o‘z egalariga topshirildi
...
06.03.2023
130 marta o'qildi

Ish faoliyatini yaxshilash maqsadida kompyuterlar o‘z egalariga topshirildi

Bugun viloyat hokimi tashabbusi bilan, Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tuman hokimligi katta majlislar zalida ish samaradorligini oshirish hamda xotin-qizlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish maqsadida mahallalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar faollariga zamonaviy kompyuter jamlanmasini hamda tuman hokimligi axborot xizmatini moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida texnikalar jamlanmasini topshirdi.

Shuningdek, o‘zining samarali xizmatlari va jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, vatanga muhabbat, ezgulik, mehnatsevarlik singari fazilatlarni targ‘ib qilishda o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarganligi uchun bir guruh faollar tuman hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Endilikda xotin-qizlar faollari kompyuterdan ayollarning masala va murojaatlarini "mahallabay" tizim asosida hal qilish, "Ayollar daftari"ni shakllantirish, ma'lumotlar olish hamda boshqa ko'plab maqsadlarda foydalanishi mumkin.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?