Sariosiyo tumani hokimligi-Imkoniyati cheklangan yoshga nogironlik aravachasi topshirildi
...
06.01.2023
128 marta o'qildi

Yurtimizda nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga har tomonlama ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda. Qolaversa davlatimiz tomonidan xalqimizga xos bo‘lgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuyg‘ularini hisobga olgan holda nogironlarning muhim ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, bugun 6 yanvar kuni Sariosiyo tuman hokimligi tomonidan mas'ullar ishtirokida tumandagi Yoqutli bog' mahallasida istiqomat qiluvchi 1 guruh nogironligi mavjud 6 yoshli Sunnatbek Hikmatullayevga nogironlik aravachasi topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?